Namunaviy hisobot RMMM 1-ilova
1-ilova
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ichki audit xizmatining 2026-yil I chorak faoliyati natijalari boʻyichaHISOBOTI
1. Umumiy maʼlumotlar.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tizimida 20 ta tashkilot mavjud bo‘lib, Markaziy apparat ichki audit xizmati bo‘limida 1 shtat birligi mavjud, ushbu shtat birligi 2025-yilning iyul oyiga qadar vakant bo‘lgan va iyul oyidan sertifikatga ega bo‘lgan xodim ishga olingan.(1-jadval).
2. Ichki audit yillik rejasida tasdiqlangan ichki audit tadbirlarining hisobot davrida rejalashtirilgan qismining bajarilishi holati.
Hisobot davrida 2 ta muassasada rejali tekshirish o‘tkazish belgilangan bo‘lib, 2 ta muassasada rejali tekshirish o‘tkazilgan. , rejadan tashqari tizim tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali to‘g‘ri tuzilishi bo‘yicha audit tadbiri o‘tkazilgan.
Xisobot davrida jami 126,6 mln so‘m moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, shundan 5,4 mln so‘mi budjetga undirilishi ta’minlandi.
Profilaktika natijasida 338,4 mln so‘m mablvag‘ shtatlar jadvalida lavozim razryadlari noto‘g‘ri kiritilganligi natijasida xarajatlar smetasida ortiqcha rejalashtirish xolatlar aniqlanib xarajatlar bo‘yicha xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib to‘g‘rilandi. (2, 3, 4 va 5-jadvallar).
3. Hisobot davrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmagan ichki audit tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hisobot davrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan, biroq amalga oshirilmagan audit tadbirlari mavjud emas.
4. Ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ichki audit tomonidan o‘tkazilgan 2 ta tadbirlarida berilgan taklif va tavsiyalarga muassasalar tomonidan kelgusida berilgan tavsiyalardagi xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun chora-tadbirlar rejasi va javob xatlari olingan. (6-jadval).
Muasssasalarga berilgan tavsiya xatlarida kelgusida ish xaqi bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik, shtat birliklarini belgilangan namunaviy xujjatlar asosida tuzish, Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga amal qilish va buxgalteriya to‘g‘risidagi qonun xujjatlari asosida ish olib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.
5. Hisob palatasining "Masofaviy nazorat" AAT orqali kelib tushgan xavf tahlillari.
Hisobot davrida Markazga Hisob palatasining "Masofaviy nazorat" AAT orqali xavflar kelib tushmagan. (7-jadval).
6. Ichki audit xizmati faoliyati sifatini taʼminlash (baholash) va oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-xisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazida ichki audit xodimi 19.05.2025 yildan 23.05.2025 yilgacha o‘quv kursida qatnashib MO №001355 raqamli sertifikat olgan. Ish faoliyati davomida O‘quv markazida professional ichki audit sertifikati uchun o‘qishda qatnashib tegishli sertifikatlar olindi. (8-jadval).
7. Davlat organi va tashkiloti tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa va tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan nazorat ishlariga oid hujjatlarning monitoringi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
2026 yilda davlat organi va tashkiloti tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa va tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha nazorat tadbiri o‘tkazilmadi. (9-jadval).
8. Aniqlangan tizimli kamchiliklar, xavflar va ularning oldini olish hamda bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar (taklif va tavsiyalar)
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 2025 yilda rag‘batlantirish to‘lovlari rejaga nisbatan ortiqcha to‘lash holatlari aniqlangan bo‘lib, 2025 yilda xarajatlar smetasida reja alohida satrda belgilangan bo‘lsada ish xaqi hisobidan to‘lovlar amalga oshirilmoqda shu masalada xam UzASBOga tegishli o‘zgartirish kiritish lozim.(10-jadval).
9. Davlat organi va tashkiloti faoliyatida budjet intizomini mustahkamlash, xavflarni profilaktika qilish hamda budjet xarajatlari natijadorligi va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar.
(Davlat organi va tashkilotida budjet intizomini mustahkamlash, shaffoflikni taʼminlash, xavflarni profilaktika qilish hamda budjet xarajatlari natijadorligi va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar bayon etiladi.)
10. Ichki audit xizmati faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar.
Ichki audit xodimlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha xar bir tizim ichki audit xizmati xodimlariga UzASBO dasturidan mukamal foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish hamda markazlashgan holda ularni axborotlar bilan ta’minlash lozim.
11. Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash natijalari.
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkich 100 foizni, ya’ni a’lo baxo. (11, 11.1, 11.2, 11.3 va 11.4-jadvallar).
Islamov Xamid Abdumalikovich
15.04.2026
