
Yoshlar o‘z tashabbuslari bilan birlashib, 9 may — Xotira va qadrlash kuniga turli xil chorlovlar bilan chiqishmoqda. Respublika bo‘ylab “Sharaf lentalari”ni tarqatish boshlab yuborildi.
Loyiha Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Siz ham ushbu chellenjda chetda turmang. Faol fuqarolar safiga qo‘shiling!


