
Joriy yilning may-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Bugun O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosida ushbu loyihani o'tkazilishiga oid yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda professor, fan nomzodi, olim va ziyolilar hududlarda o'tkaziladigan ilmiy-ma'rifiy seminar va loyihalarni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha kelishib olishdi.


