
Xabar berganimizdek, Markazda ko'plab loyihalar ustida ishlanmoqda. Har bir loyihaga yo'nalishdan kelib chiqib mutaxassislar, ekspertlar jalb qilinmoqda.
Davlat xalqchilligini mustahkamlash bo'yicha loyihalarni muvofiqlashtirish bo'limi tomonidan ishlab chiqilgan 4 ta ijtimoiy loyiha doirasida tegishli soha mutaxassislari uchun yangi platformalar ishlab chiqish, munitsipal boshqaruv, ishonch, xizmat va shaxsiy hayot maromiyligi hamda korporativ boshqaruvga oid yo'nalishlarda ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilishi ko'zda tutilgan.


