
Markazining Jamiyat birdamligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan yana bir loyiha!
Millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va avlodlararo uzviylik har qanday jamiyat barqarorligi va taraqqiyoti uchun asosiy omillardan hisoblanadi. Mazkur tashabbus orqali jamiyatdagi muloqot darajasini baholash, uni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati yaratiladi.
Loyiha ishchi guruhining yig‘ilishida "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Progressiv islohotlar markazi ekspertlari loyihaning hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashdagi ahamiyati, kutilayotgan natija, uni yanada takomillashtirish yo‘llari va usullarini muhokama qildilar.


