
Bugun Yoshlar ijod saroyida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov yoshlar bilan uchrashdi. Shuningdek tadbirda "O'zbek qizi" filmi orqali xalqimiz qalbidan oʻrin egallagan Aysanemxon Yusupova ham ishtirok etdi.
Markaz rahbari yetakchilik, kitobxonlik haqida gapirar ekan:
Bugun globalizatsiya dunyosida yashayapmiz, siz yoshlar giperaktiv boʻlishingiz kerak. Singapur xalqi bugun dunyo boʻyicha kitob oʻqish uchun eng koʻp vaqt sarflaydi, bunga hamohang ravishda uning taraqqiyot darajasi barchangizga ma’lum. Kitobxonlik bugun biz qurayotgan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida ham muhim oʻrin egallaydi.
— dedi Otabek Xasanov.
Shuningdek, tadbirda bugungi islohotlar jarayonida yoshlarning alohida o'rni borligi va sohadagi bunday islohotlarda yoshlarning g'oyalarini, ularning amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish muhimligi ta'kidlandi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuv davomida yoshlar ma’naviyat tizimidagi mavjud muammolar bo'yicha Markaz rahbariga savol berishdi. Otabek Xasanov muammolarni hal etish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.
Tadbir yakunida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Otabek Xasanovga maxsus tashakkurnoma va esdalik sovgʻasi topshirildi!


