
Prezident tashabbusi bilan har bir rahbarga bir guruh yoshlar biriktirilib, ular bilan har oyda kamida bir marotaba uchrashish vazifasi belgilangan. Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Hasanov mazkur vazifa doirasida Yuqori Chirchiqda 30 nafar yoshlar bilan uchrashdi.
Yoshlar ko‘zlari yoniq, intilishlari baland, maqsadlari ulkan. Faqat bu yo‘lda ularni qiynayotgan savollar, duch kelgan muammolar, ba’zi hayotiy to‘siqlar bor. Shular haqida birgalikda dildan suhbatlashishdi.


