
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘olib bo‘lgan vazirlik va idora hamda tuman-shaharga Prezident sovg‘asi sifatida
1-o‘ringa — “DAMAS” avtomobili;
2-o‘ringa — 40 million so‘m pul;
3-o‘ringa — 25 million so‘m pul mukofoti topshirildi.
4 va 5-o‘rin sovrindorlariga esa 10 million so‘mlik kitoblar to‘plami taqdim etildi.


