
Xorazm viloyatidagi safarimiz davomida tadbirkor, dizayner Dildora Ro‘zmetova bilan samimiy muloqot qildik.
Bugun Xorazm viloyatidagi safarimiz davomida tadbirkor, dizayner Dildora Ro‘zmetova bilan samimiy muloqot qildik.
Tadbirkorimiz milliy liboslarimizni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Eng qizig‘i, tarixiy binolarimizdagi naqshlarni matolarga tushirib, ham noodatiy, ham zamonaviy kiyim-kechaklarni bozorga chiqarar ekan.
Barchamiz yaxshi bilamiz, milliy liboslarimizga talab so’nggi vaqtlarda yana ham ortmoqda. O‘z navbatida, raqobat ham shunga yarasha.
Bu quvonarli, albatta. Muloqotimiz davomida bu borada targ'ibot ishlarini kuchaytirish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish borasida fikr almashdik.
Milliylik va zamonaviylik uyg'unligini ta'minlash bugun Xorazm viloyatining rivojlanish drayveri hisoblangan turizm sohasida eng zarur omil.
Keyingi safar Xorazmga kelganda, albatta, Dildora opaning ustaxonasiga borishni niyat qildim.


