
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2024-yilning 3 oy davomida amalga oshirilgan ishlar haqida AOKAda o‘tkazilgan brifing matni
Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida bildirgan takliflari asosida joylardagi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida hududlardagi 4 ta sektorga qo‘shimcha 5-sektor, ya’ni, “Ma’naviyat sektori” faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Bugungi kunda Termiz shahrida 2 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 3 ta oliy ta’lim muassasasi, 1 ta arxitektura va qurilish texnikumi, 1 ta 2-son akademik litseyda namunaviy tarzda “Ma’naviyat sektori” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
“Surxondaryo tajribasi” asosida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida “Ma’naviyat sektori”ni namunali tashkil etish maqsadida sektor Nizomi, tashkiliy tuzilmasi va yo‘riqnomasi ishlab chiqildi.
Markaz tomonidan tajriba-sinov asosida Andijon viloyatidagi 909 ta mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida 90 kunlik ish-reja ishlab chiqilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Ijobiy sinovdan o‘tgan “Andijon tajribasi” respublikadagi barcha 9 442 ta mahallada keng joriy etilmoqda.
12-20 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz» shiori ostida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, kitob ulashish aksiyalarini o‘z ichiga olgan loyihalar amalga oshirildi. Bunda respublikamizdagi 14 ta hududning 163 ta eng chekka tuman/shaharlarida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlarga ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va badiiy ijod kabi soha vakillaridan iborat 50 nafar “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari jalb etilib, 30.765 nafar aholi qamrab olindi.
Loyiha doirasida 14 ta hududdan 28 nafar onalarga farzandlari turli sohalarda katta yutuqlarga erishganligi uchun “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Targ‘ibot tadbirlari doirasida tumanlarda “Ma’rifat ulashib”, “Kitob karvoni” aksiyalarini tashkil etilib, 6400 dona o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat 80 turdagi kitoblar tarqatildi.
Milliy va umuminsoniy ahamiyatga ega axloqiy qadriyatlarni davr talablariga mos ravishda rivojlantirish orqali yetuk fuqaroni shakllantirish hamda jamiyatni har tomonlama yuksaltirish maqsadida “Yetuk fukaro konsepsiyasi” loyihasi ishlab chiqildi
Ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentlar sonini ko‘paytirish maqsadida 30 ta turli mavzularda ijtimoiy videoroliklar ishlab chiqilib, tarqatildi va umumiy ko‘rishlar soni 1 milliongacha yetdi. Markazning “oyina.uz” platformasi va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida 850 ta targ‘ibot mediamateriali yoritildi.
Shunday milliy kontentlardan biri bo‘lgan “Ustoz” loyihasi doirasida 10 ta media kontent yaratildi va ijtimoiy tarmoqlarda 500 ming marta ko‘rildi.
Bugungi kunga qadar Markaz tomonidan 97 ta vazirlik va idora hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2024 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama “Yo‘l xarita”lar ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi
PQ-5040-son qarori bilan 2021-2023 yillarda shahar va tumanlarda 195 ta “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” barpo etilishi belgilangan. Shu kunga qadar, 177 ta hududda mazkur maskanlar barpo etilib, faoliyat ko‘rsatmoqda.
Markaz huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan 2023 yilning 14 dekabr holatiga institut jami 1059 nafar tinglovchilarning malakasi oshirildi.
Shuningdek, 2024 yil mobaynida vazirlik va idoralarning ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul bo‘lgan 204 nafar xodimlarining malakasi oshirildi.
Institutda ilmiy tadqiqot ishlarni rivojlantirish hamda samaradorligini ta’minlash maqsadida
20 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar, 4 nafar tayanch doktorant (PhD) hamda 6 nafar erkin izlanuvchi (DSc) va 8 nafar erkin izlanuvchi (PhD) ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Shuningdek, ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 16 ta tadqiqotchilar, ya’ni 5 nafar DSc va 11 nafar PhD dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
2024 yil yanvar - fevral oylari davomida
“Bugun va biz” mavzusida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi. So‘rovnomada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 10 000 nafari qamrab olindi.
28 mart kuni “Zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi. Unda 100 dan ortiq olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Shu bilan birga, “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan "Yangi ma’naviy makon", "Kuchli jamiyat va ma’naviy ehtiyoj" nomli kitoblar chop etilib, keng aholi qatlamiga tarqatildi. Hozirda hayot qiyinchiliklariga qaramay farzandini tarbiyalab, ilmli qilgan fidoiy ayollarimiz haqida "Millat onalari" kitob-albomi tayyorlanmoqda.


