Bugun, 9-aprel kuni buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi keng nishonlanmoqda. Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida buyuk sarkarda haykalining poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi jamoasi, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a`zolari Sohibqiron haykali poyiga gulchambar qo‘yishib, ulug‘ sarkardaga o‘zlarining hurmat-ehtiromlarini izhor etdilar.


