
BIZ BIR BOʻLSAK — YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ!
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostida loyihalar bu gal Farg‘ona viloyati bo‘ylab start oldi.
Loyiha dasturi doirasida Farg‘ona viloyatining tumanlarida 18-20-aprel kunlari "Ma'rifat" tag‘ibotchilar jamiyati va O‘zbekiston Kinoarboblari uyushmasi a'zolari hamda taniqli olimlar va ziyolilar bilan uchrashuvlar, yangi kinofilmlar taqdimoti, ijodiy kechalar va madaniy-ma'rify tadbirlar bo‘lib o‘tadi.


