“MA’RIFAT KARVONI” YO‘LGA CHIQISHGA TAYYORMI?
04-sentabr, 2026Hududlarga yo‘l oladigan “Ma’rifat karvoni” vakillari, olimlar va targ‘ibotchilarning tayyorgarligi qay darajada? Bugungi trening qanchalik samara berdi? Aholi bilan uchrashuvlarda keng qamrovli g‘oyalarni qanday sodda, tushunarli va ta’sirchan tilda yetkazish mumkin? Tinglovchi diqqatini jalb etish, ochiq muloqotga kirishish, hayotiy misollar orqali fikrni yetkazishda qaysi zamonaviy usullar samarali? Seminarning ikkinchi qismida aynan shu savollarga javob izlandi. Bu gal nazariyadan ko‘ra amaliyotga e’tibor kuchaydi. Targ‘ibotchilar turli vaziyatlarni modellashtirish, auditoriya bilan muloqot qilish, savollarga javob berish va o‘z fikrini ta’sirchan ifodalash orqali sinovdan o‘tkazildi. Zero, yaxshi targ‘ibotchi faqat mavzuni yaxshi bilishi emas, uni tinglovchiga yetkaza olishi bilan ham ahamiyatli. Endilikda navbat — hududlarga. “Ma’rifat karvoni” vakillari oldida esa bitta muhim vazifa bor: bilimni muloqotga, muloqotni esa ma’rifat va harakatga aylantirish. Veb-sayt |Telegram |




