YANGI BOSQICH.


1/9Kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Asosiy kun tartibi — “Milliy yuksalish davri: 7 ta milliy dastur va oliy ta’lim tizimining yangi vazifalari”. Yig‘ilishda 7 ta milliy dasturni hayotga tatbiq etishda oliy ta’lim muassasalari oldida turgan ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. “Har bir talaba — e’tiborda” Bu shunchaki tamoyil emas — yangi yondashuv. Har bir talaba bilan individual ishlash, uning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtidorini yuzaga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajakdagi muvaffaqiyatiga mustahkam zamin yaratish — oliy ta’limning eng muhim vazifalaridan biridir. Veb-sayt |Telegram |



