Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Ertaga, 10 sentyabr kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun: Prezident farmoniga ko’ra, ertaga davlat tashkilot va idoralari xodimlarining xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ushbu sanalar ish kuniga toʻgʻri kelganda, haydovchilarning ish haqi saqlanib qoladi. Davlat fuqarolik xizmatchilari “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyasi doirasida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi mazkur xodimlar tomonidan odob-axloq (etika) qoidalarining buzilishiga tenglashtirildi.
Veb-sayt |Telegram |


