JAMOAVIYLIK — SAMARALI FAOLIYAT ASOSI


1/9Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatida "Shaxsiy va jamoaviy mas’uliyatni oshirish" mavzusida seminar-trening oʻtkazilmoqda.Unda viloyatning boʻlim va boʻlinma hodimlari ishtirok etishmoqda. Mazkur treningning asosiy maqsadi xodimlarda shaxsiy mas’uliyat hissini kuchaytirish, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro hurmat va ishonch muhitini mustahkamlashdan iborat.
Seminar-trening davomida psixologlar tomonidan ishtirokchilarning diqqatini jamlash, faolligini oshirish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli interfaol o‘yin va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Veb-sayt |Telegram |



