"Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqichiga start berildi


1/7Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan "Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqichiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Loyihaning dastlabki ikki bosqichida poytaxtdagi kitob fondi kam bo‘lgan 30 ta umumta’lim maktabining har biriga 1 000 donadan kitob topshirilgan.
3-bosqich doirasida esa yana 20 ta maktabga 1 000 donadan, jami 20 mingta kitob yetkazildi. Yangi kitoblar ushbu maktablarda ta’lim olayotgan 38 692 nafar o‘quvchining mutolaa imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Veb-sayt |Telegram |



