BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!


1/6Jizzax viloyati Madaniyat va ma'rifat markazida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi. Yangi O‘zbekiston — bu, avvalo, yangi tafakkur, yuksak ma’naviyat va xalqimizning bunyodkorlik salohiyatiga tayanadigan davlatdir.
Bugungi keng ko‘lamli islohotlarning samarasi ham jamiyatimizda ma’rifat, daxldorlik, vatanparvarlik va bunyodkorlik ruhini yanada kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Uchrashuvlarda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, milliy o‘zlik, vatanparvarlik hamda jamiyat taraqqiyotida ma’rifatning o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi.
Veb-sayt |Telegram |



