DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR


1/6Kadastr agentligi tizimida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va vazifalarning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan seminar tashkil etildi. Ma’ruzalar davomida: Mustaqillikning tarixiy ahamiyati; inson qadrini ulug‘lash va huquq hamda manfaatlarini ta’minlash; xalq farovonligini oshirish; jamiyat va davlat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish; ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Veb-sayt |Telegram |



