“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyati — endi raqamli platformada

Ma’rifatparvarlar faoliyatini yagona raqamli tizimga birlashtirishga qaratilgan yangi axborot tizimi joriy etiladi. Yangi tizim orqali: ma’rifatparvarlarning yagona respublika reyestri shakllantiriladi; ularning faoliyati, yutuqlari, loyihalari va vazifalari raqamli tarzda tizimlashtiriladi; o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlarning samaradorligi baholanadi; aholining bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi monitoring qilinadi; ma’rifiy faoliyat natijalari tahlil qilinib, uni yanada samarali tashkil etish uchun raqamli ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Bu — ma’rifatparvarlar faoliyatini zamonaviy raqamli muhitga olib kirish, ular haqidagi ma’lumotlarni yagona tizimda jamlash va ma’rifiy ishlar samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. Veb-sayt |Telegram |



