«YANGI O‘ZBEKISTON SHUKRONALIGI» — TARAQQIYOT VA YANGILANISH FOTOLARDA


1/3Toshkent shahridagi «Magic City» majmuasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan «Yangi O‘zbekiston shukronaligi» loyihasi doirasida maxsus ma’rifiy fotoko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 35-yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li, yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlar, zamonaviy infratuzilmalar, bunyodkorlik ishlari, hududlarning yangilanib borayotgan qiyofasi, boy tariximiz, betakror tabiatimiz va qadimiy obidalarimiz aks etgan.
Ko‘rgazma orqali yoshlar va keng jamoatchilikka yurtimizdagi taraqqiyot jarayonlari, bunyodkorlik va yangilanishlar ta’sirchan tasvirlar orqali yetkazilmoqda. Veb-sayt |Telegram |

