«Antinarko» — narkojinoyatlar haqida ishonchli manba

Joriy yilning 8 oyida O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 12 104 ta jinoyat aniqlangan. Bu — kuniga o‘rtacha 50 ga yaqin holat degani.
Endilikda narkojinoyatlarga oid tezkor va ishonchli ma’lumotlarni bir joydan olish mumkin. Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda «Antinarko» Telegram-kanalini ishga tushirdi.
Kanal orqali: tezkor tadbirlar va aniqlangan narkojinoyatlar; ularning tafsilotlari; giyohvandlikka qarshi profilaktik va targ‘ibot materiallari muntazam e’lon qilib boriladi. «Antinarko» — tezkor, ishonchli va rasmiy axborot manbai.

