1⃣1⃣ Taʼlim va sogʻliqni saqlash
“Maktabgacha taʼlim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi. Oliy taʼlim qamrovi 9 foizdan 45 foizga yetdi. Oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 66 yoshdan 75 yoshdan ziyodga oshdi. Onalar va goʻdaklar oʻlimi toʻrt baravar kamaydi. Islohotning haqiqiy qiymati ana shu insonlarning hayotida namoyon boʻladi”.
1⃣2⃣ Bola — davlatning eng katta masʼuliyati
“Bola — davlatning eng katta masʼuliyati. Bola sogʻlom tugʻilmasa, sifatli taʼlim ololmasa, biz bir insonning emas, butun jamiyatning kelajagini xavf ostiga qoʻygan boʻlamiz. Shu kunlarda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi bilan demografik barqarorlik masalalariga bagʻishlangan muloqotni oʻtkazamiz”.
1⃣3⃣ Orol fojiasi
“Markaziy Osiyoning butun dunyoga berishi mumkin boʻlgan yana bir sabogʻi bor. Bu — Orol dengizi fojiasi. Orol tabiiy ofat tufayli qurimadi. Bu — oʻnlab yillar davomida qabul qilingan notoʻgʻri qarorlar va tabiatga boʻlgan adolatsiz munosabatning oqibati. Yangi Oʻzbekiston qurigan dengiz tubida yashil hududlar barpo etmoqda”.
1⃣4⃣ Ekologik yechimlar
“Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etyapmiz. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Biz Orolboʻyining faqat ekologik fojia ramzi boʻlib qolishini istamaymiz. U ekologik yechimlar sinovdan oʻtadigan hududga aylanishi kerak. Oʻzbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar “Oʻrmonzorlashtirish va oʻrmonlarni qayta tiklash boʻyicha harakatlar oʻn yilligi” deb eʼlon qilindi”.
1⃣5⃣ Sunʼiy intellekt va inson
“Bugun insoniyat yana bir ulkan inqilobiy oʻzgarish qarshisida turibdi. Bu — sunʼiy intellekt. Texnologiya insonga xizmat qiladimi yoki inson texnologiyaga moslashishga majbur boʻladimi? Texnologik taraqqiyotning markazida inson va uning taqdiri turishi shart”.
1⃣6⃣ Texnologiya inson hayotini yaxshilashi kerak
“Sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya inson huquqlari, xavfsizlik, teng imkoniyat hamda javobgarlikdan ajralmasligi lozim. Texnologik taraqqiyot insonni qaram qilishga emas, aksincha, hayotini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. Oʻzbekiston bu borada xalqaro muloqotni kuchaytirish tarafdori”.
1⃣7⃣ Qonun ustuvorligi
“Hokimiyat qonundan ustun emas. Sudga murojaat qilgan har bir inson, kimligidan qatʼi nazar, adolat qaror topishiga ishonishi shart. Toshkent xalqaro moliya markazida ingliz huquqi prinsiplariga asoslangan alohida xalqaro tijorat sudi tashkil etilmoqda”.
1⃣9⃣ Ayollar huquqlari va imkoniyatlari
“Bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnatga barham berdik. Oiladagi zoʻravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirdik. Ayollarning huquq va imkoniyatlari masalasida ham shu mezonga tayanamiz. Shuning uchun ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashning alohida tizimini yaratdik. Bugun parlamentimiz aʼzolarining 39 foizini ayollar tashkil qiladi”.
1⃣9⃣ Islom sivilizatsiyasi markazi
“Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev gʻoyasi va tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi. Biz uni faqat oʻtmishni namoyish etadigan maskan sifatida emas, ilm, tafakkur va maʼrifat makoni sifatida koʻramiz. Oʻzbekiston madaniyatlar va dinlar oʻrtasidagi muloqotni, maʼrifat va bagʻrikenglikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro hamkorlikni izchil davom ettiradi”.
2⃣0⃣ Inson qadri ustuvor boʻlgan dunyo
“Biz hammamiz, inson qadri ustuvor boʻlgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan koʻra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak boʻlgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. Oʻzbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor boʻlgan dunyo barpo etilishiga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor”.