30-iyul- Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” haftaligi doirasida “Millatlararo totuvlikni mustahkamlash va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda 2026-yil-“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish”-yili davlat dasturi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida jamiyatda tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlik va o‘zaro hamjihatlik tamoyillari ustuvor vazifalarimizdan ekanligi ham qayd etib o‘tildi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram