Amaliy mashg‘ulotlar orqali jamoaviy muhit mustahkamlanmoqda!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limida o‘tkazilayotgan "Shaxsiy va jamoaviy mas’uliyatni oshirish" mavzusidagi seminar-trening doirasida psixologlar tomonidan ishtirokchilarning diqqatini jamlash, faolligini oshirish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan interfaol o‘yinlar tashkil etildi.

Shuningdek, xodimlarning o‘zini o‘zi tahlil qilishi, shaxsiy ijobiy va salbiy jihatlarini anglab yetishi hamda o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy mashqlar bajarildi.

Bunday mashg‘ulotlar sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, samarali muloqot madaniyatini rivojlantirish va jamoada o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

UzA

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram