#Maʼnaviyat_festivali
#AQSh
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda AQSHning Ahoya shtatida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot jarayonida yoshlarga “Buyuklar haqida yuzta dalil" kitobi taqdim etildi. Kitob haqida tushuncha berib oʻtish bilan bir qatorda, yoshlarga undan olgan tassurotlarini ijtimoiy tarmoqlarda turli kontentlar koʻrinishda bayon etish tavsiya etildi.
Uchrashuvda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Husanov mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor haqida gapirdi. Yangi Oʻzbekiston yoshlari dunyoning xohlagan universitetlarida oʻqishlari uchun imkoniyatlar yetarliligi, ularning oldiga nufuzli universitetlarda tahsil olib mamlakatimiz rivojiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishdek masʼuliyatli vazifa turganligini taʼkidladi. Shuningdek, vatandoshlar bilan hamkorlikda AQSH da istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklar uchun maxsus oʻzbek tili darslarini tashkil etish, qadriyatlarni va milliylikni tarannum etuvchi turli madaniy-maʼrifiy ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etish zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini 34 yilligi munosabati bilan AQSH da Maʼnaviyat festivali doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar va uchrashuv davom etmoqda.