Aziz kanalimiz kuzatuvchilari, barchalaringizga bayram muborak boʻlsin!

Bizdan bayramga katta tuhfa — “Fonus” loyihasi doirasida tasvirga olingan “Chegara” qisqa metrajli film premyerasini taqdim etamiz.

Biror tarixiy voqelikni fakt bilan tushuntirib berish mumkin, ammo shu jarayon ortida turgan fojealar inson iztiroblari bilan koʻrsatib berilsa-chi? “Chegara”da ayni shunday qilinadi – taqdir sabab qoʻshni davlatga palaxmon toshidek otilgan ayolning ilojsizligi, ota-onaning siyosiy vaziyat sabab yoʻl qarash bilan oʻtayotgan umri… Dunyodagi eng katta fojia bu – erksizlik, u qanday koʻrinishda boʻlmasin, qanday atalmasin, ogʻriq beradi…

Biz chegaralar huddi doim ochiq boʻlgandek, hayot hozirgi maromida oqgandek anglaymiz. Lekin uzoq boʻlmagan kunlarga qarasak, bugun inson hayotida oʻzgarishlar katta, qadrlar baland.

Filmni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin:

Aytgancha, bayramga yana bir tuhfa loyihaning bosh filmi “Fonus” Iordaniyada oʻtkazilgan xalqaro festival mukofotini qoʻlga kiritdi.