🇺🇿 Bayramga munosib tuhfa:

“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan bir guruh olimlar bilan hamkorlikda ulug‘ ayyom arafasida muhim maʼnaviy-maʼrifiy nashr tayyorlandi. “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitobda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmunan keng va chuqur sharhlangan.

Kitobning bosh gʻoyasi bir jumlada mujassam: “Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!”

Bu shunchaki daʼvat emas.

Bu — birlikka chaqiriq.

Bu — tarixiy masʼuliyat.

Bu — kelajakka ishonch.

Bu — har bir yurtdoshimizni Vatan taraqqiyotiga daxldor boʻlishga undaydigan ezgu maqsad!

Kitobda Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan tarixiy haqiqatlar, strategik maqsadlar, ustuvor vazifalar, muhim raqamlar va istiqbolli rejalar izchillik bilan tahlil qilingan.

Yana bir muhim jihat: nashr infografikalar bilan boyitilgan.

Ular orqali tarixiy taraqqiyot bosqichlari, Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, ustuvor strategik yoʻnalishlar hamda milliy maqsadlar koʻrgazmali va ixcham shaklda ifodalangan.

Mazkur qoʻllanma ayniqsa yosh avlodning mamlakatimizda kechayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarni anglashi, ularning mohiyati va ahamiyatini toʻgʻri idrok etishida muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

Zero, bugungi yoshlar — tarixni faqat oʻrganuvchi emas, balki Yangi Oʻzbekistonning yangi tarixini yaratadigan bunyodkorlardir.

Shu nuqtai nazardan, “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” kitobi Mustaqillik soatlari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan ishlash jarayonlarida foydalanish uchun samarali qoʻllanma boʻla oladi.

KITOBning ELEKTRON SHAKLI

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram