Bir paytlar odamlar koʻchada tanish-bilishi bilan toʻxtab gaplashardi. Qoʻshni qoʻshni bilan darvoza oldida, doʻstlar esa telefonsiz suhbatlashib ketardi: vaqt boshqacha oʻtardi. Bugun uzoqdagi odam bilan har daqiqada yozishish, onlayn koʻrishish mumkin. Bu — moʻjiza. Lekin yonidagi odamga “bir daqiqa” deb telefonga berilib ketish ham shunchalik keng tarqaldiki, bu endi hech kimga gʻayritabiiy koʻrinmay qoldi. Texnologiya masofani qisqartirdi, lekin yaqinlarni bir-biridan uzoqlashtirdi.
“Ekranga egilgan boshlar”
“Hurriyat” gazetasining 2026-yil 12-avgustdagi sonidan
telegram | Facebook
YouTube | Instagram