Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan gʻoyalar va ustuvor vazifalarni mazmunan tushuntirishga qaratilgan oʻquv seminari tashkil etildi.

Oʻquv seminarida Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari hamda tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbar-xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi. Unda Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlarga bagʻishlangan videorolik namoyishi bilan boshlangan seminarda uchta asosiy mavzu boʻyicha "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzolarining maʼruzalari tinglandi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram