🇺🇿 “BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ”
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbir maʼrifiy uchrashuvlar, kuy-qoʻshiqlar va sanʼat namunalari bilan davom etdi.