🇺🇿 BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!
15-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida Maʼrifat karvonining Sirdaryo viloyatidagi tadbirlariga start berildi.
Bugungi keng koʻlamli islohotlarning samarasi ham jamiyatimizda maʼrifat, daxldorlik, vatanparvarlik va bunyodkorlik ruhini yanada kuchaytirish bilan chambarchas bogʻliq. Maʼrifat karvoni doirasidagi uchrashuvlar ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilib, inson qadrini ulugʻlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, tarixiy xotirani mustahkamlash va yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram