🇺🇿 BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!
Jizzax viloyati Madaniyat va maʼrifat markazida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Yangi Oʻzbekiston — bu, avvalo, yangi tafakkur, yuksak maʼnaviyat va xalqimizning bunyodkorlik salohiyatiga tayanadigan davlatdir. Bugungi keng koʻlamli islohotlarning samarasi ham jamiyatimizda maʼrifat, daxldorlik, vatanparvarlik va bunyodkorlik ruhini yanada kuchaytirish bilan chambarchas bogʻliq.
Uchrashuvlarda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, xalqimizning boy tarixiy va maʼnaviy merosi, milliy oʻzlik, vatanparvarlik hamda jamiyat taraqqiyotida maʼrifatning oʻrni haqida atroflicha fikr almashildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram