Birozdan so‘ng Samarqand shahrida “Mustaqillikning 35 yilligi: milliy ma’naviy taraqqiyot natijalari va ma’rifat targ‘ibotining ilmiy-metodik masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshlaydi.  

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda «Ma’rifat» targ‘ibotchilari jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur anjuman «O‘zbekiston–2030» strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» maqsadlari hamda ta’lim muassasalari va mahallalardagi «Mustaqillik soati» tadbirlarini mazmunan boyitishga qaratiladi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram