Bolalikni boy berish – bu millatning ertasini boy berish demakdir. Ulgurib qolaylik, chunki vaqt oqmoqda, bolalik esa gʻanimatdir!

Kuni kecha ishdan charchab qaytganimda, qizalogʻim koʻzlari quvonchdan porlab oldimga yugurib keldi: «Oyijon, oyijon, «Bek va Lola»ning yangi qismi chiqibdi, rosa zoʻr ekan, qoʻyib beraymi?» Men esa horgʻinlik bilan, «Hozir uy ishlarini tugatay, keyin koʻramiz, endi ishdan keldim-ku», dedim. Shu lahzada uning maʼsum koʻzlaridagi uchqun darrov soʻnib, nigohida mahzunlik sezildi. Bu nigoh qalbimni teshib yubordi. Hamma narsani yigʻishtirib, kompyuter qarshisiga oʻtirdim.

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Nigora Husanovaning xabar.uz saytida "Oʻzi uchar gilamlardan ekranlar qaʼrigacha..." nomli tahliliy maqolasi eʼlon qilindi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram