“Buzğunçi kuçlar yoşlar ongiga maqsadli ravişda taʼsir körsatib, ularni öz jamoalariga jalb etmoqda” — Prezident

Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqandda ötayotgan xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti iştirokçilariga murojaat yölladi.

Davlat rahbari kibermakon tarmoq orqali hujumlar uyuştiriş, jamoatçilik ongini boşqariş va yolğon axborot tarqatiş vositalari tobora faol qöllanilayotgan asosiy töqnaşuvlar maydoniga aylanganini taʼkidladi.

Prezident terrorçi taşkilotlar internet platformalaridan radikal ğoyalarni tarğib qiliş, yangi tarafdorlarni yollaş, moliyaviy mablağlar töplaş va davlat çegaralarini tan olmaydigan ekstremistik birlaşmalarni şakllantiriş uçun foydalanayotganidan jiddiy xavotir bildirdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram