Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qoʻlidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.

Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor oʻzgarishlarni toʻgʻri anglamayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Hududlarda soʻnggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, yaʼni 17 foizi faoliyatini toʻxtatgan.

Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi.

Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi koʻrsatildi.