⚠️ Diqqat! Firibgarlardan ehtiyot boʻling!

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

Soʻnggi kunlarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov nomi bilan soxta akkauntlar ochilib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan turli mazmundagi xabarlar tarqatilmoqda.

Sizlardan bunday feyk xabarlarga ishonmaslikni, shubhali akkauntlar bilan muloqot qilmaslikni hamda shaxsiy va boshqa maxfiy maʼlumotlarni hech kimga taqdim etmaslikni soʻraymiz.

Rasmiy axborotlar faqat Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining rasmiy axborot manbalari orqali eʼlon qilinadi.

Ogoh boʻling!

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram