EKSPERTLAR KENGASHI: TARGʻIBOTDA YANGI DAVR — YANGI YONDASHUVLAR, YANGI MULOQOT
“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati Ekspertlar kengashining navbatdagi yigʻilishida targʻibotni zamonaviylashtirish, targʻibotning aniq indikatorlarini ishlab chiqish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va hududlarda ekspertlar faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
47 nafar yangi ekspert Kengash tarkibiga qabul qilindi. Bu hududlardagi ijtimoiy-maʼnaviy jarayonlarga professional yondashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ochiq munozara maydonlarini yaratish, zamonaviy kontent, sifatli videorolik va infografikalar orqali jamoatchilik bilan samarali muloqot qilish taklif etildi.
“Ijtimoiy gʻoyalar forumi” orqali dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilgʻor gʻoya va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsad qilinmoqda.
Shuningdek, ekspertlarni mahallalarga maʼnaviy maslahatchi sifatida biriktirish taklifi ilgari surildi.
Asosiy mezon esa oddiy: tadbirlar soni emas, insonga taʼsir va real natija.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram