Fidoyi ajdodlarimiz jasorati – hamisha ibrat namunasi
– Shu kunlarda el-yurtimiz bilan birgalikda mustaqilligimizning
35 yilligini katta xursandchilik bilan kutib olyapmiz. O‘ttiz besh yildan buyon hech kimga qaram bo‘lmasdan, mana shunday tinch va tiniq osmon ostida erkin va farovon yashayapmiz.
Bu – katta baxt, bebaho boylik. Shunday ulug‘ kunlarda istiqlol va ozodlik yo‘lida halok bo‘lgan qahramon ajdodlarimizni eslash, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirish – muqaddas burchimiz.
Aziz insonlar xotirasi qancha e’zozlansa, bugungi tinch hayotimiz, milliy istiqlolimiz qadri shuncha oshadi.
Shavkat Mirziyoyev