Turkiya Respublikasida oʻtayotgan xalqaro forum doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi hamda Hatay Mustafo Kemal universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat doirasida:
- ulug‘ mutafakkirning maʼnaviy-ilmiy merosi Turkiyada keng targʻib etiladi;
- Navoiy asarlari zamonaviy turk tiliga tarjima qilinadi;
- ikki mamlakatda oʻzbek va turk tillarini oʻrgatish boʻyicha kurslar tashkil qilinadi;
- madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi;
- universitet va ilmiy muassasalar oʻrtasida talabalar va tadqiqotchilar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek,
Memorandum doirasida Temuriylar davri adabiyoti, turkiy xalqlarning umumiy madaniy va lisoniy merosini ilmiy oʻrganish, folklor va etnografik tadqiqotlar, qoʻshma nashrlar va xalqaro loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.