📢 Hurmatli mahalladoshlar!
🗣 Ayni paytda “Tashabbusli budjet” (Open budjet) jarayonida loyihalarni kiritish bosqichi davom etmoqda. Ushbu loyiha orqali koʻplab mahallalar obod boʻlib, yoʻllar va maktablar taʼmirlanmoqda. Biroq bu jarayonda gʻolib boʻlish oson emas.
Shu sababli mahalla aholisining eʼtibori “Sheriklik” loyihalariga qaratilmoqda. Joriy yildan boshlab, agar loyiha qiymatining yarmini aholi yigʻsa, qolgan qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bunday loyiha ovoz toʻplash jarayonida ishtirok etmasdan gʻolib deb topiladi.
💵Bu imkoniyat mahalladagi qiymati 50–100 million soʻm boʻlgan kichikroq loyihalarni amalga oshirish uchun juda qulay.
✅Masalan:
🗺 Trotuar qurish;
💡 Koʻchalarga yoritish chiroqlari oʻrnatish;
🚰 Ichimlik suvi tarmogʻini tortish;
⚡️ Transformatorni almashtirish;
🔌 Elektr ustunlarini oʻrnatish.
➡️Bunday loyihalarni minglab ovoz toʻplamasdan ham amalga oshirish mumkin. Shu imkoniyatdan foydalanib, mahalla fuqarolari oʻzaro maslahatlashgan holda koʻcha va mahalladagi yirik boʻlmagan, ammo dolzarb loyihalarni amalga oshirishlari mumkin.
🗓Loyihalarni kiritishning oxirgi muddati — 3-avgust. Imkoniyatni qoʻldan boy bermay, mahalla ravnaqi uchun birlashish lozim! Loyiha kiritish tartibi bilan ushbu qoʻllanma orqali tanishish mumkin.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram