Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 82-kuni jurnalist, tarjimon Rustam Jabborov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

1.     Alisher Navoiy, “Xamsa” dostoni;

2.     Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma” asari;

3.     Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani;

4.     Choʻlpon, “Kecha va kunduz” romani;

5.     Oybek, “Navoiy” romani;

6.     Lev Tolstoy, “Anna Karenina” romani;

7.     Shekspir, “Hamlet” tragediyasi;

8.     Dostoyevskiy, “Jinoyat va jazo” romani;

9.     Erkin Vohidov, “Yoshlik devoni” sheʼriy toʻplami;

10. Oʻtkir Hoshimov, “Tushda kechgan umrlar” romani.

Rustam Jabborov 1979-yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika  fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. “Respublika”, “Qishloq hayoti” gazetalarida muxbir, “Darakchi” gazetasi bosh muharriri, “Zamon Press info” nashriyot uyi direktori, “Oʻzbekkino” MA boshqarma boshligʻi, “Sevimli” telekanali bosh muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ayni vaqtda WOSCU ilmiy maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritadi.

“100 jumboqli hikoya”, “Erkak yigʻlagan kun”, “Padarkushning iqrori” kabi oʻnlab kitoblari nashr etilgan. R.Jabborov poliglot boʻlib, rus, ingliz, nemis, turk, fors, arab, ozarbayjon tillarini yaxshi biladi va shu tillardan asarlar tarjima qilgan. Xususan, uning tarjimasida Xolid Husayniyning “Shamol ortidan yugurib”, “Ming quyosh shuʼlasi” romanlari, Anorning “Qizil limuzin” hikoyalar toʻplami, Voqif Sultonlining “Oʻlim uyqusi”, Yunus Oʻgʻuzning “Otabek Eldengiz”, Vorisning “Umidlar intihoda oʻladi”, “Senga ishonaman”  Aziza Jaʼfarzodaning “Boku. 1501”, Okay Tiryakioʻgʻlining “Mavlono” romanlari,  Aleksandr Griboyevdovning “Aqllilik balosi” pyesalari oʻzbek oʻquvchilariga taqdim etilgan.