Prezidentimizning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan PQ-9-sonli qarori ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida korxona va tashkilotlarda kitob burchaklari tashkil etilmoqda.
Shunday ezgu tashabbus namunasi sifatida viloyat soliq boshqarmasida kitobxonlik burchagi tashkil etildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Nargiza Rahmatullayeva viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimovni soliq xodimlari va soliq toʻlovchilar uchun yaratilgan kitob burchaklari bilan tanishtirarkan, ushbu loyihaning maʼnaviy qiymatini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Kelgusida barcha tashkilot va korxonalarda kutubxona hamda kitob burchaklari tashkil etilishi belgilandi.