Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va Jahon banki tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan Language Proficiency Development Program doirasida koreys tilini oʻrganish boʻyicha bepul onlayn kurslarga qabul boshlandi.
Dastur ishtirokchilarga koreys tili bilimlarini TOPIK 3–5 darajasigacha oshirish, muloqot, jamoada ishlash va kasbiy tayyorgarlik kabi soft skills koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, IT va ITES kompaniyalarida ishga joylashishga tayyorgarlik koʻrish imkonini beradi.
Taʼlim formati: onlayn darslar, nazariy va amaliy mashgʻulotlar.
Kimlar qatnashishi mumkin?
Koreys tilini TOPIK 1, 2 yoki 3 darajasida biladigan hamda taʼlim jarayonida faol ishtirok etishga tayyor yoshlar.
Nomzodlar onlayn ariza topshirib, test sinovidan oʻtadilar.
Joylar soni cheklangan boʻlib, arizalar 2026-yil 25-oktabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil maʼlumot ushbu havolada berib oʻtilgan.