#matbuotda_biz
#muzeylararo_90_kun
Hozir mamlakatimizda 138 ta davlat muzeyi faoliyat yuritadi, ulardagi eksponatlar soni 2 milliondan oshgan.
Oddiy aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaqin va tanish muzeylarning hali ham yetarlicha “kashf etilmay” qolayotgani “Muzeylararo 90 kun” kabi loyihalar zarurligini yana bir bor asoslaydi.
Aynan shu maqsadda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu maʼnaviy-maʼrifiy ekskursiyalar loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
Rejaga koʻra, jami 140 mingdan ziyod kishining muzeylarga jalb etilishi koʻzda tutilgan. Loyiha uch oylik davrni qamrab oladi va har oy uchun aniq reja belgilangan. Bundan tashqari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda jami 708 ta ekskursiya tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Oliy taʼlim tizimida bu jarayon avgust bilan tugamaydi: sentyabr-oktyabr oylarida ham “Mustaqillik soatlari” tarbiyaviy mashgʻulotlari doirasida muzeylarga tashriflar davom etadi.
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2026-yil 28-iyul kungi sonida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Axborot xizmati rahbari Bahora AHMEDOVA, markaz xodimi Shohista YUNUSALIYEVAning "OʻTMISHGA SAYOHAT – OʻZLIKNI ANGLASH YOʻLI" nomli maqolasi eʼlon qilindi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram