Toshkent viloyati, Olmaliq davlat texnika institutida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi hamda qadriyatim.uz elektron platformasining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
Ttadbirda viloyat mutasaddilari, oliy taʼlim muassasasi rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar milliy oʻzligimizni asrash, boy maʼnaviy merosimizni avaylab, kelajak avlodga yetkazish va uni xalqaro miqyosda keng targʻib etish bugungi davrning dolzarb vazifalaridan biri ekanini alohida taʼkidladilar. “Milliy qadriyatlar atlasi” ana shu ezgu maqsad yoʻlida muhim manba boʻlib xizmat qilishi qayd etildi.
Shuningdek, mazkur loyiha doirasida yaratilgan qadriyatim.uz platformasi va uning mobil ilovasi milliy qadriyatlarimiz, moddiy va nomoddiy madaniy merosimiz haqidagi maʼlumotlarni jamlagan zamonaviy interaktiv axborot maydoni ekani aytib oʻtildi.