2026-yil 24–26-oktyabr kunlari barça hududlarda bölib ötadigan ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida amaldagi alifbodan foydalaniladi. Uşbu masalaga Taʼlim va ilm-fan vazirligi aniqlik kiritdi.
Test materiallari amaldagi lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida tayyorlanib, oçiq turdagi test topşiriqlarining javoblari va yozma iş (esse)lar ham amaldagi alifboda yoziladi.
Yangi alifboni joriy etiş töğrisidagi Qonunda yangi alifbo 6 oydan söng kuçga kirişi belgilangan.
Yangi alifbo esa 6 oydan söng kuçga kiradi. Şu sababli Agentlik tomonidan ötkaziladigan imtihonlarda yangi alifbodan emas, amaldagi alifbodan foydalaniladi.