Muhammadaliga Prezident sovgʻasi va minnatdorlik maktubi topshirildi
Prezidentimizning Qoraqalpogʻistonga tashrifi chogʻida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammadali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga boʻlgan mehri aks etgan videosi koʻpchilikning eʼtiborini tortgan edi.
Prezidentimiz bolaning murojaatini koʻrib, uning samimiy tilaklaridan mamnun boʻlganini bildirgan hamda Muhammadaliga minnatdorlik maktubini yoʻllagan.
Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovgʻalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amanbay Oʻrinbayev Prezidentimizning samimiy maktubini oʻqib eshittirdi.
Shuningdek, Muhammadali, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga Prezident sovgʻalari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Joʻqorgʻi Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» koʻkrak nishoni berildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram