“Mustaqillik to‘yi” festivali Qoraqalpog‘istonda

 

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Festival doirasida Shumanay tumanidagi Madaniyat saroyida “Shukronalik” loyihasi tashkil etildi. Unda 300 nafarga yaqin aholi ishtirok etib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, mustaqillik bergan imkoniyatlar, bugungi farovon hayotning qadr-qimmati haqida fikr almashildi.

Samimiy muloqotlarda Vatan tinchligi va xalq farovonligi uchun shukronalik tuyg‘usi, hayot ne’matlarini qadrlash, mehr-oqibat va minnatdorlik kabi insoniy fazilatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Zero, shukronalik — bor ne’matni qadrlash, tinch kunlarning qadriga yetish va ertangi kunga ezgu niyat bilan intilishdir.

telegram | Facebook

YouTube | Instagram